2026-yilning dastlabki olti oyida Toshkentda 151 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi, deb ma’lum qildi shahar hokimligi.
Yangi uylarda 11 270 ta xonadon mavjud bo‘lib, ular poytaxt aholisiga taqdim etildi.
Shu davrda shaharda yettita ijtimoiy obyekt ham ish boshladi: uchta maktabgacha ta’lim tashkiloti va boshqa yo‘nalishdagi to‘rtta muassasa.
Toshkentda yarim yillik qurilish-pudrat ishlari hajmi 61,2 trln so‘mni tashkil etdi. Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, ko‘rsatkich tegishli davrga nisbatan 9,9 foizga o‘sdi.








