Jamiyat

O‘zbekiston va Head Honchos AQSh uchun mavsumiy ishchilar tayyorlashni muhokama qiladi

Kompaniya delegatsiyasi avgustda Toshkent, Buxoro va Farg‘onaga boradi; tomonlar H-2A dasturi bo‘yicha memorandumni ko‘rib chiqadi.

Kaliforniyada pomidor terayotgan fermer — kontekst surati

O‘zbekiston va Amerikaning Head Honchos kompaniyasi respublika fuqarolarini H-2A vizalari asosida AQSh qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga tayyorlash masalasini muhokama qiladi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.

Kompaniya prezidenti Todd Miller avgust oyida O‘zbekistonga kelishi rejalashtirilgan. Tashrif O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ishtirokida qonuniy mehnat kanallarini kengaytirish ishlari doirasida tashkil etiladi.

Tomonlar O‘zbekiston fuqarolarini AQSh agrar sektoridagi mavsumiy ishlarga jalb qilish va hamkorlik memorandumini imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

Hujjatda kadrlarni amerikalik ish beruvchilar talablari asosida tayyorlash, nomzodlarni kasbiy o‘qitish va H-2A dasturi bo‘yicha qonuniy mavsumiy ishga joylashishga ko‘maklashish nazarda tutilishi kutilmoqda.

Delegatsiya Toshkent shahri, Buxoro va Farg‘ona viloyatlariga borishni mo‘ljallagan. Kompaniya vakillari qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari va soha ishtirokchilari faoliyati bilan tanishadi.

Elchixona hamkorlik ishga joylashish tartiblarini takomillashtirish va O‘zbekiston fuqarolari uchun AQShda xavfsiz hamda qonuniy mavsumiy mehnat imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishini kutmoqda.

Samira GanievaКорреспондент