Texnologiyalar

Imagi maktablarda AI ta’limini rivojlantirish uchun $4,5 mln jalb qildi

Startap AQSh maktablarida platformani kengaytirib, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yangi vositalar qo‘shmoqchi.

Bangalordagi maktab kompyuter xonasida dasturlashni o‘rganayotgan o‘quvchilar. 2018-yilgi illustrativ foto

Imagi ta’lim startapi maktab o‘quvchilariga dasturlash va sun’iy intellekt savodxonligini o‘rgatuvchi platformani rivojlantirish uchun seed raundida $4,5 mln jalb qildi, deya xabar berdi TechCrunch.

Raundga Brighteye Ventures va Day One Capital yetakchilik qildi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi bitim bilan jami jalb qilingan mablag‘ $5,5 mlnga yetgan.

Imagi maktablar uchun o‘quv dasturlari va raqamli vositalar yaratadi. Kompaniya yechimlaridan 140 mamlakatdagi 700 mingdan ortiq o‘quvchi va AQShdagi 100 dan ziyod maktab okrugi foydalanishini bildirdi.

Hammuassis va bosh direktor Dora Palfining aytishicha, AI vositalaridagi so‘rovlar va javoblar o‘quvchilarga ko‘rsatilishidan oldin tekshiriladi. Ma’lumotlarni himoya qilish va bolalar servislariga qo‘yilgan talablarga muvofiqlik haqidagi bayonotlar kompaniyaning o‘ziga tegishli.

Mablag‘ AQSh maktablaridagi faoliyatni kengaytirish, o‘qituvchilarni tayyorlash, yangi funksiyalar yaratish va qo‘shimcha AI vositalarini ulashga sarflanishi rejalashtirilgan. Kompaniya yangilangan platformani kelasi oy taqdim etmoqchi.

Samira GanievaКорреспондент