Texnologiyalar

SJ-100 samolyotlarini seriyali ishlab chiqarish kuzda boshlanishi rejalashtirilgan

Samolyotga Rossiyada ishlab chiqarilgan PD-8 dvigatellari o‘rnatiladi; ichki bozor ehtiyoji qariyb 100 ta havo kemasi deb baholanmoqda.

Italiya uzra parvoz qilayotgan avvalgi avlod Sukhoi Superjet 100 samolyoti

Rossiyada 2026-yil kuzida xorijiy qismlari mahalliy muqobillarga almashtirilgan SJ-100 yo‘lovchi samolyotlarini seriyali ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilmoqda.

Korxonalarda yangi versiyani ishlab chiqarish liniyalarini ishga tushirishga tayyorgarlik yakunlanmoqda. Birinchi seriyadagi samolyotlar soni hozircha ma’lum qilinmagan.

SJ-100 Sukhoi Superjet 100 samolyotining chuqur modernizatsiya qilingan variantidir. Loyihada avvalgi modeldagi xorijiy agregatlar o‘rniga Rossiyada ishlab chiqarilgan bort tizimlari, shassi va PD-8 dvigatellari qo‘llanadi.

PD-8 dvigatellari o‘rnatilgan, to‘liq mahalliylashtirilgan samolyot Komsomolsk-na-Amure shahrida ilk sinov parvozini amalga oshirdi. Ochiq xabarda sinov dasturi to‘liq yakunlangani haqida ma’lumot yo‘q.

Rossiya aviakompaniyalari va hududlarining ehtiyoji qariyb 100 ta yangi havo kemasi deb baholanmoqda. Talabning bir qismini SJ-100, qolgan qismini esa mintaqaviy Il-114 samolyotlari bilan qoplash rejalashtirilgan.

Birinchi seriyali samolyotlarni buyurtmachilarga yetkazib berish muddati va ehtiyojning ikki model o‘rtasida qanday taqsimlanishi hozircha aniqlashtirilmagan.

Aziz HamrayevШеф-редактор