AQSh Davlat departamenti kiberjinoyatlar uchun javobgar yoki ularga aloqador shaxslarga nisbatan yangi global viza cheklovlari siyosatini e’lon qildi.
Choralar, jumladan, kib firibgarligi va jinsiy shantaj sxemalarida ishtirok etgan shaxslarni qamrab oladi. AQSh vizalarini berish bo‘yicha cheklovlar ularning yaqin oila a’zolariga ham tatbiq etilishi mumkin.
Davlat kotibi Marco Rubio bayonotida ko‘pincha Xitoy transmilliy jinoiy guruhlari tomonidan uyushtiriladigan onlayn investitsiya firibgarligi sxemalari 2024-yilda AQSh fuqarolariga kamida 10 milliard dollar zarar yetkazgani aytilgan.
Davlat departamenti bahosiga ko‘ra, bunday tarmoqlar korrupsiya, pul yuvish va odam savdosini kuchaytiradi. Idora xorijdagi jinoyatchilar amerikalik bolalarni jinsiy shantaj sxemalarida nishonga olayotganini ham bildirdi.
Viza cheklovlari sanksiyalar, jinoiy ta’qib, aktivlarni musodara qilish, ekstraditsiya so‘rovlari va xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligi bilan bir qatorda qo‘llanadigan vositalardan biri bo‘ladi.








