21-iyul kuni soat 12:08 da Xitoyning Sinxay provinsiyasidagi Chaka sho‘r ko‘li Sky No. 1 sayyohlik hududida sayyohlik avtogiri qulab, yerdagi ikki tashrif buyuruvchiga tegdi, bu haqda Ulan uyezdi ma’muriyatiga tayanib Xinhua xabar berdi.
Har ikki jabrlanuvchining ahvoli barqaror bo‘lgan va ularning hayotiga xavf tug‘ilmagan. Apparat bortidagi odamlar jabrlanmagan.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, bu ikki-uch kishiga mo‘ljallangan kichik sayyohlik avtogiri bo‘lgan. Hodisa vaqtida u 100 metrdan past balandlikda uchgan.
Qulashdan keyin apparat voqea joyida muhrlangan. Sayyohlik hududi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Voqea joyiga madaniyat va turizm, favqulodda vaziyatlar hamda politsiya xodimlari yetib kelgan. Bir nechta idora hodisani tekshirish uchun maxsus guruh tuzgan.
Rasmiy xabarda apparat modeli va qulash sababi ko‘rsatilmagan. Sababni tergov guruhi aniqlashi kerak.








