Jamiyat

Kichik halqa yo‘lida ikki qator 40 kunga cheklandi

Kuz-qish mavsumi oldidan 1,54 km uzunlikdagi issiqlik quvuri almashtiriladi.

Toshkentdagi Kichik halqa yo‘li, 2023-yil 3-iyundagi arxiv surati

Toshkentning Yakkasaroy tumanida 25-iyuldan Kichik halqa yo‘lida magistral issiqlik quvurini almashtirish ishlari boshlandi, shu sababli harakat 40 kunga cheklandi.

Ishlar 1,5 km uzunlikdagi qismni qamrab oladi. Bu yerda diametri 530 mm va umumiy uzunligi 1 540 metr bo‘lgan quvurni almashtirish uchun ikki qator vaqtincha yopildi.

Magistralning yangilanishi kelgusi kuz-qish mavsumida poytaxt aholisiga isitish va issiq suvni barqaror yetkazib berishga xizmat qilishi kerak.

Haydovchilarga ishlar tugaguniga qadar yo‘nalishni oldindan rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.

Samira GanievaКорреспондент