Amazon umumiy sun’iy intellekt (AGI) bo‘linmasining ayrim jamoalarida bir qator lavozimlarni qisqartirdi, bu haqda USA Today’da chop etilgan Reuters materialida xabar berildi.
Reuters qisqartirishlarning to‘liq ko‘lamini aniqlay olmadi. Adeeb Shanaa va Vishal Sharma rahbarligida ishlagan ayrim xodimlar o‘zlari ham qisqartirishga uchraganini bildirdi.
“Biz bir necha yildan beri yirik sun’iy intellekt modellarini yaratib kelmoqdamiz va bu ishimizdagi eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Biz mijozlar uchun eng muhim tashabbuslarga e’tiborni kuchaytirmoqdamiz, shunda muhim ishlarda tezroq oldinga siljiy olamiz. Bunday yondashuv qiyin qarorlarni, jumladan AGI bo‘linmamizning ayrim qismlaridagi ba’zi lavozimlarni tugatishni talab qiladi”, — deyiladi Amazon’ning Reuters agentligiga bergan bayonotida.
O‘zgarishlar yo‘nalish rahbariyati qayta tuzilganidan keyin yuz berdi. Rohit Prasad 2025-yil oxirida, David Luan esa 2026-yil fevralida kompaniyani tark etdi; AGI ishlari avvalroq Peter DeSantis boshqaruvi ostida birlashtirilgan edi.
Hozirgi qisqartirishlarni yanvar oyida e’lon qilingan kompaniya bo‘yicha qariyb 16 mingta lavozim qisqartirilishi bilan aralashtirmaslik kerak. Amazon o‘sha xabarda qarorni tuzilmani soddalashtirish zarurati bilan izohlagan, ammo bu raqamni AGI bo‘linmasiga bog‘lamagan.








