Dunyo

Cho‘kish har yili qariyb 300 ming kishining hayotiga zomin bo‘ladi

5–14 yoshli bolalar alohida xavf guruhiga kiradi, issiq va suv toshqinlari esa xavfni oshiradi.

Qutqaruvchi basseyndagi mashg‘ulotda cho‘kayotgan odamga yordam berish usulini mashq qilmoqda

Har yili dunyoda cho‘kish oqibatida qariyb 300 ming kishi — kuniga o‘rtacha 800 ga yaqin odam halok bo‘ladi.

Ayniqsa, 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun xavf yuqori: ushbu yosh guruhida cho‘kish o‘limning asosiy o‘nta sababidan biri hisoblanadi.

Suv toshqinlari, kuchli bo‘ronlar va anomal issiq xavfni oshiradi. Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqot har bir qo‘shimcha harorat darajasini cho‘kishdan o‘limning 7,2 foizga ko‘payishi bilan bog‘ladi; havo 25 darajadan yuqori bo‘lgan kunlarda xavf 10 darajadan past kunlarga qaraganda qariyb besh baravar yuqori bo‘lgan.

25-iyulda nishonlanadigan Butunjahon cho‘kishning oldini olish kuni munosabati bilan davlatlar va mahalliy hamjamiyatlarga yettita profilaktika yo‘nalishi tavsiya etildi:

  • suv havzalari atrofida xavfsiz infratuzilma yaratish;
  • odamlarga qutqaruv va birinchi yordam ko‘nikmalarini o‘rgatish;
  • suvda ishlash paytida xavfsizlikni kuchaytirish;
  • suv transporti uchun zamonaviy xavfsizlik talablarini joriy etish;
  • bolalar va kattalarga suzish hamda suvda xavfsiz xulq-atvor qoidalarini o‘rgatish;
  • suv havzalari yaqinida bolalarni doimiy nazorat qilish;
  • mahalliy hamjamiyatlarni suv toshqinlari va boshqa favqulodda vaziyatlarga tayyorlash.

2026-yilda ushbu kun “Birgalikda — suvda xavfsizlik uchun” shiori ostida o‘tmoqda. Profilaktika davlat idoralari, mutaxassislar va mahalliy hamjamiyatlarning hamkorligini talab qiladi.

Denis KhabibullinКорреспондент