Luvr o‘g‘irlikdan to‘qqiz oy o‘tib Apollon galereyasini tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochdi, biroq zargarlik eksponatlari zalga qaytarilmadi.
Muzey rahbariyati tarixiy javohirlarni himoyasi kuchliroq bo‘lgan boshqa xonaga ko‘chirishga qaror qildi. Galereya kolleksiyaning ushbu qismisiz ishlaydi.
Ochilish marosimida madaniyat vaziri Katrin Pegar zalning qaytishini yangi boshlanish deb atadi va Fransiya muzeylarida xavfsizlikni kuchaytirish niyatini bildirdi.
Oktyabrdagi o‘g‘irlik paytida jinoyatchilar qurilish ko‘targichi yordamida derazadan galereyaga kirgan. Ular vitrinalarni kesish asboblari bilan ochib, yetti daqiqada qariyb 102 mln dollarga baholangan javohirlarni olib ketgan.
Ish bo‘yicha to‘rt nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. O‘g‘irlangan buyumlarning aksariyati hanuz topilmadi, qaytarilgan yagona eksponat esa restavratsiyaga yuborilgan imperatrisa Yevgeniyaning shikastlangan tojidir.
O‘g‘irlik Luvr xavfsizlik tizimi va mablag‘ sarfi bo‘yicha tanqidlarni kuchaytirdi. Fevral oyida muzey direktori Lorans de Kar lavozimini tark etdi.








