Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Eronni Yaqin Sharqda muloqotni tiklashga chaqirdi

Prezidentlar savdo, investitsiya, transport va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga kelishdi.

Shavkat Mirziyoyev va Mas’ud Pezeshkiyon 2024-yilda Ashxoboddagi uchrashuvda

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqotda Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida vazminlikni saqlash va muloqotni tiklashga chaqirdi, bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat 24-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Muloqot avvalida Mas’ud Pezeshkiyon Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga sog‘lik va davlat faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Tomonlar O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishni davom ettirishga kelishib oldi. Savdo, investitsiya, transport hamda madaniy-gumanitar aloqalarga alohida e’tibor qaratildi.

Prezidentlar kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdi. Rasmiy xabarda yangi aniq bitimlar yoki qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilmagan.

Rustam AbduazizovРедактор