David Beckhamning 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati davridagi reklama faolligi qariyb $25 mln deb baholandi, deya xabar beradi Marca.
Angliya terma jamoasining sobiq sardori kamida 11 ta brend kampaniyasida qatnashdi. Ular orasida Adidas, Bank of America, Home Depot, Lay’s, McDonald’s, Pepsi, Stella Artois va Verizon bor.
Mutaxassislar Beckhamga bo‘lgan talabni uning Yevropa va AQShdagi yuqori taniqliligi bilan izohlaydi. Futbolchilik faoliyati va Inter Miami hammulkdori ekani uning Amerika reklama bozori uchun jozibasini kuchaytirdi.
Brendlar reklama tanaffuslarida darhol e’tiborni torta oladigan mashhurlar uchun o‘nlab million sarflashga tayyor, chunki ular milliardlab tomoshabinga chiqayotganini biladi — Nick Ede, brend va madaniyat bo‘yicha ekspert
Shakiraning turnirdagi ishtiroki bilan bog‘liq tijoriy qiymat qariyb $20 mln deb baholandi. Hisobga chiqishlar, reklama tadbirlari va uning musiqasiga qiziqishning yana oshishi kiritilgan.
Biroq Shakira va final tanaffusidagi boshqa san’atkorlar FIFA yoki Global Citizendan chiqish gonorari olmagan. Ularning ehtimoliy daromadi homiylik, reklama bitimlari, striming va global media qamrovi orqali bilvosita shakllangan.
Turnir atrofidagi kampaniyalarda qatnashgan boshqa mashhurlar qatorida Madonna, BTS, Justin Bieber, Burna Boy, Kim Kardashian, Blackpink guruhidan Lisa va Timothée Chalamet ham tilga olingan.








