“Al-Nassr” yozgi yig‘indagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvida “Benfica B”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, deya xabar berdi Al-Riyadiya.
O‘yin Portugaliya klubining Lissabondagi maydonlaridan birida bo‘lib o‘tdi. Jamoalar 30 daqiqadan ikki bo‘lim o‘tkazdi va uchrashuv jami 60 daqiqa davom etdi.
Yarim himoyachi Abdulmalik Al-Jaber to‘rtinchi daqiqada hisobni ochib, “Al-Nassr”ning yagona golini urdi. Yangi bosh murabbiy Ange Postekoglu uchrashuvda 16 futbolchidan foydalandi, ulardan besh nafari ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi.
Saudiya jamoasi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini o‘tkazish uchun Portugaliyaga keldi. Yig‘in doirasida yana uchta o‘rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan:
- Ispaniyaning “Merida” klubi bilan — 28-iyul;
- Portugaliyaning “Estrela Amadora” klubi bilan — 1-avgust;
- Ispaniyaning “Almeriya” klubi bilan — 4-avgust.








