Londonning “Arsenal” klubi Belgiyaning “Bryugge” jamoasidan 24 yoshli vinger Xristos Tzolisni uzoq muddatli shartnoma asosida transfer qildi, bu haqda klub xabar berdi.
Futbolchi 17-raqam ostida to‘p suradi. Transfer yakunlanishi tartibga soluvchi rasmiyatchiliklar bajarilishiga bog‘liq.
Tzolis “Bryugge” safida barcha musobaqalarda 108 ta o‘yin o‘tkazib, 43 ta gol urgan va 45 ta golli uzatma bergan. U klub bilan Belgiya chempionati va mamlakat kubogini yutgan.
Gretsiyalik futbolchi hujumning har ikki qanotida o‘ynay oladi. Belgiyaga ko‘chishidan oldin u PAOK, “Norvich Siti”, “Tvente” va Dyusseldorfning “Fortuna” klublarida o‘ynagan.
“Arsenal” rasmiy xabarida transfer summasi va shartnomaning aniq muddatini oshkor etmadi.








