Sport

Luka Modrich «Milan» bilan shartnomani 2027-yilgacha uzaytirdi

Xorvatiyalik yarim himoyachi klubda yana bir mavsum qoladi va 14-raqam ostida o‘ynashda davom etadi.

Luka Modrich 2026-yil 2-iyuldagi Xorvatiya — Portugaliya o‘yinida

«Milan» Luka Modrich bilan shartnomani 2027-yil 30-iyungacha uzaytirdi, deb xabar berdi Italiya klubi.

Xorvatiyalik yarim himoyachi 2025/2026-yilgi mavsumda jamoa safida 37 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi.

Modrich yangi mavsumda ham 14-raqam ostida to‘p tepadi. Klub rasmiy xabarda kelishuvning boshqa shartlarini oshkor etmadi.

Modrich «Milan»ga 2025-yil yozida qo‘shilgan edi. Yangi shartnoma yana bir mavsumga mo‘ljallangan.

Rustam AbduazizovРедактор