Sport

Luish Figu Mbappeni «Oltin to‘p» da’vogarlari qatoriga qo‘shdi

Sobiq futbolchi Vitinya va Dezire Dueni ham tilga olib, faqat JCh emas, butun mavsum natijalarini hisobga olishga chaqirdi.

Kilian Mbappe JCh-2026 doirasidagi Fransiya — Senegal o‘yinida; foto: Bryan Berlin / WikiPortraits, CC BY-SA 4.0

Luish Figuning fikricha, Kilian Mbappening jahon chempionatidagi o‘yini uni «Oltin to‘p»ning ehtimoliy g‘oliblari qatoriga qo‘shdi, deb xabar berdi Goal.

«Mbappe va uning jahon chempionatidagi ajoyib o‘yini, shubhasiz, uni ehtimoliy g‘oliblar qatoriga qo‘shadi», — Luish Figu.

Figu faqat jahon chempionatini emas, futbolchilarning butun mavsumdagi natijalarini, jumladan ichki turnirlar va Chempionlar ligasini ham baholashga chaqirdi.

«Men, albatta, Chempionlar ligasida yana g‘olib chiqqan PSJ futbolchisini ham qo‘shgan bo‘lardim. Butun yil hisobga olinishi kerak. Mantiqan, g‘olibni tanlashda jahon chempionati tarozini og‘dirishi mumkin, ammo ichki sovrinlar va Chempionlar ligasi ham juda muhim», — Luish Figu.
«Men, ehtimol, Vitinya va Dezire Dueni ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim. Ular jahon chempionati, ayniqsa Portugaliya uchun, unchalik yaxshi o‘tmaganiga qaramay, ajoyib mavsum o‘tkazdi. Ularning barchasini nomzodlar qatoriga qo‘shgan bo‘lardim», — Luish Figu.

Mbappe JCh-2026ni o‘nta gol bilan yakunlab, «Oltin butsa»ni oldi. U jahon chempionatlarida jami 22 ta gol urgan va bu turnir rekordidir.

Rustam AbduazizovРедактор