Sport

“Barselona” Karim Adeyemi bilan 2031-yilgacha shartnoma imzoladi

Klub Dortmundning “Borussiya” jamoasidan transferning moliyaviy shartlarini oshkor qilmadi.

Karim Adeyemi 2019-yilda Salzburg U19 safida; “Barselona” bilan shartnoma imzolashi aks etmagan; Werner100359 / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0

“Barselona” Karim Adeyemining transferi bo‘yicha Dortmundning “Borussiya” klubi bilan kelishuvga erishdi, bu haqda Kataloniya klubi ma’lum qildi.

Germaniyalik hujumchi 2031-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi. Rasmiy xabarda bitimning moliyaviy shartlari ochiqlanmagan.

Adeyemi “Barselona”ning 2026/27-yilgi mavsum oldidan ikkinchi xaridiga aylandi.

Futbolchi klubda Germaniya terma jamoasida avval birga ishlagan Hansi Flick bilan yana hamkorlik qiladi.

Rustam AbduazizovРедактор