“Barselona” yarim himoyachisi Frenkie de Jongning o‘ng tizzasidagi medial kollateral bog‘lam uzilgani aniqlandi, bu haqda klub xabar berdi.
Futbolchi “Barselona” tibbiy shtabi nazorati ostida konservativ davolanishni davom ettiradi. Rasmiy xabarda jarrohlik amaliyoti haqida ma’lumot berilmagan.
Shifokorlar de Jongning tiklanish jarayonini yaqin haftalarda kuzatib boradi. Klub uning mashg‘ulotlar va o‘yinlarga qaytish sanasini e’lon qilmadi.








