Alejandro Garnacho «Chelsi»dan «Aston Villa»ga 2026/27-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga o‘tdi, deya xabar berdi London klubi.
Kelishuvga ko‘ra, muayyan mezonlar bajarilsa, transfer kelasi yozda doimiy tus olishi shart. Klub bu shartlarni ochiqlamadi.
Argentinalik vinger o‘tgan yozda «Manchester Yunayted»dan «Chelsi»ga kelgan edi. U 2025/26-yilgi mavsumda London klubi safida 43 ta o‘yinda sakkizta gol urdi.








