26-iyul, yakshanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo 36–39 darajagacha, shimol, janub va cho‘l hududlarida esa 40–42 darajagacha isiydi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
25 va 26-iyul kunlari mamlakat bo‘ylab asosan kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi ayrim joylarda soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayadi. Chang-to‘zon kuzatilishi ham mumkin.
Toshkentda 25-iyulga o‘tar kechasi 21–23 daraja, kunduzi 35–37 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan shamol soniyasiga 3–8 metr tezlikda esadi.
Yakshanba kuni poytaxtda harorat kechasi 22–24, kunduzi 36–38 darajani tashkil etadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.








