Jamiyat

O‘zbekistonda qariyb 4 ming yillik ipakchilik izlari topildi

Sopollitepadagi pillalar miloddan avvalgi 1940–1765-yillarga oid bo‘lib, avvalgi dalillardan qariyb ikki ming yil qadimiyroq.

Assamdagi zamonaviy Bombyx mori pillalari, kontekstual surat

Arxeologlar O‘zbekiston janubidagi Sopollitepada xonakilashtirilgan tut ipak qurtining hozirgacha ma’lum bo‘lgan eng qadimgi pilla qoldiqlarini topdi, bu haqda Science Advances jurnalidagi tadqiqotda aytiladi.

Uchta pilla bevosita miloddan avvalgi 1940–1765-yillarga oid deb sanalandi. Ularning yoshi qariyb 3,7–3,9 ming yilni tashkil etadi.

Mikromorfologik va oqsil tahlillari pillalar xonakilashtirilgan Bombyx mori tut ipak qurtiga tegishli ekanini ko‘rsatdi. Yodgorlikdan Markaziy Osiyodagi eng qadimgi oq tut daraxti ko‘mir qoldiqlari ham topildi.

Topilmalar Amudaryo havzasida ipakchilik ilgari tasdiqlangan davrdan qariyb ikki ming yil oldin mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu ipakchilik mintaqaga faqat Ipak yo‘li bilan kirib kelgan degan qarashni shubha ostiga qo‘yadi.

Mualliflar tut daraxtlari va ipak qurtlari Markaziy Osiyoga Himolayning janubiy yonbag‘irlari bo‘ylab kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi. Biroq ma’lumotlar boshqa yo‘llarni ham istisno etmaydi.

Tadqiqotda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi hamda Xitoy, Germaniya va AQSh ilmiy tashkilotlari mutaxassislari qatnashgan.

Aziz HamrayevШеф-редактор